Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida viloyatdagi 13 tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan “Adliya kuni” loyihasi doirasida bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.


Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida viloyatdagi 13 tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan “Adliya kuni” loyihasi doirasida bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlar doirasida, Xorazm viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda Davlatimiz rahbarining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarorining ijrosi yuzasidan “Mahalla yettiligi” xodimlari ishtirokida sayyor qabullar, uchrashuv va davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” dasturi doirasida kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalarda uyma-uy yurish orqali manzilli targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, firibgarlikdan ogohlikka chaqiruvchi hamda giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha 400 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi.

“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida aholi muammolari uyma-uy yurish orqali o‘rganildi, 13 ta sayyor qabullar tashkil etildi, 342 nafar fuqaroga bepul birlamchi huquqiy yordam ko‘rsatildi, 202 ta sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 16 nafar fuqaroga protsessual hujjatlar rasmiylashtirib berildi.

Tadbirlar doirasida, Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, norasmiy bandlik, qonuniy ish bilan band bo‘lishning afzalliklari bo‘yicha uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilib, tadbirlarda, odam savdosi, majburiy mehnat, firibgarlik jinoyati, kiberjinoyatchilik, “Moliyaviy piramida” va bu kabi jinoyatlardan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar hamda javobgarlik masalalari yuzasidan, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 21.11.2025-yildagi “Dafn etish ishlarini tashkil etish va hisobini yuritish tizimini takomillashtirish hamda sohada samarali nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi hamda tarqarma materiallar tarqatildi.