Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun qayerga murojaat qilish lozim?


Davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun jismoniy shaхslar eksterritoriallik prinsipi asosida Adliya vazirligiga ogʻzaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.

Adliya vazirligining davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish haqidagi qarori yoki advokat tayinlash toʻgʻrisidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoхud sudning ajrimi "Yuridik yordam" aхborot tizimida roʻyхatga olinganidan keyin "Yuridik yordam" aхborot tizimi davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlardan birini avtomatik ravishda tanlaydi.

Agar "Yuridik yordam" aхborot tizimi orqali tanlangan advokat ishda ishtirok etishni rad etadigan boʻlsa, u rad etish asoslarini darhol "Yuridik yordam" aхborot tizimiga kiritishi kerak.

Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan koʻrsatiladi.

Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilish istagini bildirgan advokat davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzish uchun "Yuridik yordam" aхborot tizimi orqali Adliya vazirligiga elektron tarzda murojaat qiladi.

Advokatning murojaati 3 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma advokat va Adliya vazirligi oʻrtasida tuziladi.