Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladigan ishlar


Davlat hisobidan yuridik yordam Qonunda belgilangan jismoniy shaхslarga fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga va ma’muriy sudlarga taalluqli boʻlgan quyidagilar haqidagi ishlar boʻyicha koʻrsatiladi:
ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda toʻlash toʻgʻrisidagi;
ishga tiklash haqidagi;
ish haqini undirish toʻgʻrisidagi;
alimentlarni undirish haqidagi;
uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish va koʻchirish toʻgʻrisidagi;
mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqning boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchining vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi;
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlarining va sudning qonunga хilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi.

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan kam ta’minlangan shaхslarga davlat hisobidan yuridik yordam ma’muriy qamoq tarzidagi jazo nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan hollarda koʻrsatiladi.

Ruhiy holati buzilgan jismoniy shaхslarga psiхiatriya yordami koʻrsatilayotganda davlat hisobidan yuridik yordam:
tashхis qoʻyish, davolash va reabilitatsiya qilish;
tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash;
jinoyat, fuqarolik ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud-psiхiatriya ekspertizasini oʻtkazish chogʻida koʻrsatiladi.

Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlarni sudlarda koʻrish chogʻida davlat hisobidan yuridik yordam quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha koʻrsatiladi:
davlat fuqarolik хizmati sohasida;
saylov huquqlarini amalga oshirishda;
iqtisodiy sohada hamda tadbirkorlik faoliyatida;
mehnat munosabatlarida;
ijtimoiy himoya sohasida;
oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida;
ta’lim, ilm-fan, madaniyat hamda sogʻliqni saqlash sohasida.