Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Sayyor qabul


Xorazm viloyati adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Bog‘ot, Yangiariq, Shovot tumanlari va Xiva shahrida sayyor qabullar hamda “mahalla yettiligi” bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlar davomida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida hamda aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish borasida “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Sayyor qabullarda, fuqarolar kundalik hayotida uchrayotgan turli ijtimoiy, huquqiy masalalari - ko‘chmas mulk, asossiz qarzdorlik hisoblanganligi, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sohasida, sud-huquq masalalariga oid, uy-joy, aliment masalasida, bandlik, moddiy yordam masalalari yuzasidan murojaat qilishdi. Asosiy e’tibor murojaatlarni joyida hal etishga qaratildi, oʻrganishni talab qiladigan murojaatlar ish yurituvga qabul qilindi.

Shuningdek, “Huquqiy avtobus” loyihasi doirasida tezkor, qulay va shaffof sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.