Янгиликлар
11
“Yosh huquqshunos” ko‘rik-tanlovining final bosqichi g‘oliblari aniqlandi!
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh huquqshunos” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovni o‘tkazishdan maqsad umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilarini huquqshunoslik kasbiga qiziqtirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, bilimli va iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni aniqlash va ularning intellektual salohiyatini oshirish, o‘quvchilar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan iboratdir.
Tanlovda tuman (shahar) bosqichida eng yuqori natijaga erishgan jami 13 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilarning bilimlari umumiy huquq yo‘nalishlari bo‘yicha test hamda huquqiy mavzulardagi savol-javob shartlari asosida sinovdan o‘tkazildi.
Mazkur shartlar davomida ishtirokchilarning bilimi hududiy hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
1-o‘rin - Bog‘ot tumani 1-son politexnikum o‘quvchisi Boltayev Umarjon;
2-o‘rin – Xiva tumani 26-maktab o‘quvchisi Atabayeva Saodatjon;
3-o‘rin – Urganch tumani 20-maktab o‘quvchisi Raximova Munira.
Tanlov natijalari bo‘yicha eng yuqori natijalarga erishib, 1-2-3-o‘rinni egallagan g‘oliblarni tabriklaymiz!