Янгиликлар
10
Huquqiy aksiya
“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Xorazm viloyatidagi barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan ta’lim muassasalarida bolalar zo‘ravonligini oldini olish, bolalar bullingini aniqlash va uni oldini olish yuzasidan huquqiy bilimlarni oshirish bo'yicha davra suhbatlari o'tkazildi.
Targ‘ibot tadbirlari davomida bolalar va yoshlar huquqlari davlat himoyasida ekanligi, yoshlar huquqlarini himoya qilish usullari xususida tushuntirishlar berildi.
Tadbir ishtirokchilariga mavzuga doir infografikalar, buklet va flayerlar tarqatildi.