Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Joriy yilning 5-dekabr kuni Xorazm viloyat adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.


Unda viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i N.Jumanyozov barchani qutlugʻ ayyom bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir davomida, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33-yilligi munosabati bilan sohada samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar eʼtirof etildi.

Xususan, viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi idoraviy notarial arxiv mudiri Sadikov Shonazar Ismailovichga “Adliya a’lochisi” esdalik nishoni topshirildi.

Shuningdek, o‘z vazifasini sidqidildan bajarib kelayotgan xodimlarning bir nechtasi Adliya vaziri va viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.