Янгиликлар
08
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!
Bugun viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Mehnat faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qilish organlari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov so‘zga chiqib, barchani Konstitutsiya bayrami bilan qizg‘in muborakbod etdi. Viloyat san’at ustalari ijrosida bayram konserti namoyish etildi.
Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tadbirlar “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan bosh g‘oya asosida barcha shahar va tumanlarda davom etmoqda. Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz yurtdoshlar