Янгиликлар
06
Konstitutsiya sayli
Xorazm viloyati Urganch shahridagi Amir Temur istirohat bog‘ida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligiga bagʻishlangan “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” shiori ostida Konstitutsiya sayli bo‘lib o‘tdi.
“Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan bosh gʻoya asosida Urganch shahrida “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etilib, unda:
Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun sayyor qabullar tashkil etildi;
Advokatlar, Notarius, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, “Madad” burchaklari tashkil etilib, fuqarolarga maslahatlar berildi;
O‘zАRXIVdan Konstitutsiyaning ilk qabul qilingani, tahrirlarning asl nusxasi, keyingi nusxasi va eng so‘nggi Yangi Konstitutsiya variantidan “Konstitutsiya tarixi burchagi” tashkil etildi;
“Konstitutsiya burchaklari” tashkil etilib, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan buklet va flayerlar tarqatildi;
“Huquqiy avtobus” loyihasi doirasida sayyor davlat va bepul huquqiy xizmatlari ko‘rsatildi.
-Turli xil huquqiy viktorinalar bo‘lib o‘tdi.