Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Xorazmda “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi davom etmoqda


Loyiha doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalar ishtirokidagi “Targ‘ibot poyezdi” va adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Urganch davlat pedagogika instituti talaba yoshlari bilan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan huquqlar va imtiyozlarni tushuntirish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi hamda “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga oid turli interfaol oʻyinlar, viktorinalar tashkil etildi.

Bo‘lib o‘tgan huquqiy viktorinalarda faol ishtirok etganlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.