Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

“Fuqarolik jamiyati haftaligi”ning Xorazm viloyati hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, har yili dekabr oyining birinchi haftasida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” o‘tkazilishi belgilangan.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida fuqarolik jamiyati institutlari, mahalla vakillari, davlat tashkilotlari vakillari, OAV vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirokida “Fuqarolik jamiyati haftaligi”ning Xorazm viloyati hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari” mavzusida ma’ruza qilinib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga kata ahamiyat qaratilayotganligi, demokratiya tamoyillariga asoslangan, ochiq va xalq xizmatidagi davlat boshqaruvi tizimini shakllantirishda fuqarolik jamiyatining o‘rni beqiyos ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. 

Tadbirlar doirasida viloyat adliya boshqarmasi hamda fuqarolik jamiyati institutlari, davlat tashkilotlari vakillari va OAV vakillari ishtirokida ochiq muloqot shaklida uchrashuv hamda 2021-2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi natijalari va 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi loyihasiga takliflar taqdim etish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

"Fuqarolik jamiyati haftaligi" doirasida Xorazm viloyatida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, aholi manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish borasida davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtiroki hamda yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo'lida amalga oshirayotgan sa'y-harakatlari uchun bir guruh soha vakillariga tashakkurnomalar topshirildi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, kashtachilik, duradgorlik, zardo‘zlik, tikuvchilik kabi xalq hunarmandchiligi mahsulotlari ishtirokchilarga taqdim etildi.