Янгиликлар
25
Shaffof davlat xizmati — korrupsiyaga qarshi eng samarali chora!
Elektron davlat xizmatlari:
byurokratiyani qisqartiradi;
inson omilini kamaytiradi;
jarayonlarni shaffof qiladi;
ortiqcha vaqt va xarajatlarni tejab qoladi.
Bugungi kunda aholi va tadbirkorlik subyektlariga jami 1040 ta davlat xizmatlari ko'rsatilmoqda.
510 ta davlat xizmati — Davlat xizmatlari markazlari orqali;
790 ta davlat xizmati va servislar — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz (https://my.gov.uz/uz)) orqali;
150 ta litsenziya va ruxsatnomalar — “Litsenziya” axborot tizimi (license.gov.uz (https://license.gov.uz/)) orqali ko'rsatilmoqda.
Aholi va tadbirkorlar eng ko‘p foydalanadigan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida avtomatlashtirish va inson omilini kamaytirish maqsadida:
21 ta davlat xizmati — proaktiv shaklda;
70 ta davlat xizmat — kompozit shaklda;
30 ta davlat xizmatlari — real vaqt rejimida taqdim etilmoqda.