Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Adliya xabari


Adliya vazirligi tomonidan otaliqqa olingan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Huquqshunoslik” fan olimpiadasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadaning hududiy bosqichida yuqori natijalarni qayd etgan o‘quvchilar respublika bosqichida quyidagi 3 ta shart bo‘yicha bellashishdi.

1-shart – Huquqiy bilimga oid test savollari;
2-shart – Muammoli vaziyat (keys-stadi);
3-shart – Blits savol-javob.

Olimpiada g‘oliblari qonuniylik, shaffoflik, oshkoralik, adolatlilik, tenglik tamoyillariga tayangan holda hakamlar hay’ati tomonidan berilgan xulosalar asosida aniqlandi.

Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra: 

8-sinflar o‘rtasida: Gurlan tumani 42-maktab o‘quvchisi 
K.Komiljonova  Respublika bosqichida faxrli  1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Olimpiada g‘oliblari darajali diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.