Янгиликлар
22
Xorazm viloyati adliya boshqarmasida “O‘zbek tili fidoyisi” volontyorlik guruhi faoliyati yo`lga qo`yildi
Xorazm viloyati adliya boshqarmasida davlat tilining nufuzi va obro‘sini oshirish, aholining til madaniyatini yuksaltirish hamda yoshlar orasida ona tiliga e’tiborni kuchaytirish maqsadida 13 ta tuman (shahar) adliya bo‘limlaridan bir nafar xodimdan iborat tarkibda “O‘zbek tili fidoyisi” volontyorlik guruhi faoliyati yo`lga qo`yildi.
Mazkur guruh faoliyati doirasida davlat tilining nufuzi va qo‘llanish doirasini kengaytirish, aholi orasida ona tiliga e’tiborni kuchaytirish, davlat tili haqidagi qonunchilik mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish hamda jamiyatda o‘zbek tilida to‘g‘ri so‘zlashish madaniyatini targ‘ib etish kabi tashabbuslarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Guruh a’zolari tomonidan hozirda ta’lim muassasalarida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida, shuningdek Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlariga tashrif buyurgan fuqarolar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, til bayramlariga bag‘ishlangan uchrashuvlar, tanlovlar va targ‘ibot ishlari o‘tkazilmoqda.
Bu orqali aholi o‘rtasida ona tiliga muhabbat va unda to‘g‘ri so‘zlash madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“O‘zbek tili fidoyisi” volontyorlik guruhi faoliyati ona tilini yanada e’zozlash, davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Zero, ona tili - bu xalqning eng katta boyligi, uning o`tmishi va kelajagini bog`laydigan ko`prikdir.