Янгиликлар
27
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi hamda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-son Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan, xususan, “Homiylik to‘g‘risida”gi Qonunga bir qator qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilib, homiylik xayriyalari yig‘ishning aniq tartibi belgilanganligi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha mutaxassislar bilan fikr almashdilar hamda qonunning amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar.