Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida viloyatdagi 13 tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan kriminogen vaziyati og‘ir va “Qizil toifa”ga kiritilgan MFYlarda “Adliya kuni” loyihasi doirasida bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.


Tadbirlar doirasida, Xorazm viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda Davlatimiz rahbarining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarorining ijrosi yuzasidan “Mahalla yettiligi” xodimlari ishtirokida sayyor qabullar, uchrashuv va davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” dasturi doirasida kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalarda uyma-uy yurish orqali manzilli targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, firibgarlikdan ogohlikka chaqiruvchi hamda giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha 300 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi.

“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida aholi muammolari uyma-uy yurish orqali o‘rganildi, 11 ta sayyor qabullar tashkil etildi, 366 nafar fuqaroga bepul birlamchi huquqiy yordam ko‘rsatildi, 256 ta sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 15 nafar fuqaroga protsessual hujjatlar rasmiylashtirib berildi.

Tadbirlar doirasida, chet elda harbiy xizmatni o‘taganlik uchun javobgarlik masalalari, Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, norasmiy bandlik, qonuniy ish bilan band bo‘lishning afzalliklari bo‘yicha uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilib, tadbirlarda, odam savdosi, majburiy mehnat, firibgarlik jinoyati, kiberjinoyatchilik, “Moliyaviy piramida” va bu kabi jinoyatlardan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar hamda javobgarlik masalalari yuzasidan, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-son Qonuni bilan “Homiylik to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar haqida ma’lumotlar berildi, “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi hamda tarqarma materiallar tarqatildi

Davlatimiz rahbarining PQ-133-sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda quyosh panellari, ularning imkoniyatlari va qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlarni tushuntirishga qaratilgan ko‘rgazmalar tashkil etilib, muqobil energiyadan foydalanish, ortiqcha qismini sotish, bu kabi uskunalarni o‘rnatishda imtiyozlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.