Янгиликлар
31
“Huquqshunoslik” fan olimpiadasining Xorazm viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qaroriga asosan “Huquqshunoslik” fan olimpiadasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Olimpiadada Adliya vazirligi tomonidan otaliqqa olingan viloyatdagi 13 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8, 9, 10, 11-sinflari kesimida “Davlat va huquq asoslari fani”dan a’lo baholarga o‘qigan hamda olimpiadaning tuman (shahar) bosqichlarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ishtirok etishdi.
O‘quvchilarning bilimlari huquqiy testlar, muammoli vaziyatga huquqiy yechim topish hamda nazariy savollarga javob yozish kabi shartlar asosida sinovdan o‘tkazildi.
Mazkur shartlar davomida ishtirokchilarning bilimi hududiy tashkiliy qo‘mita tomonidan baholanib, yakuniy natijalarga ko‘ra 8, 9, 10, 11-sinflari kesimida quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi hamda olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi:
Gurlan tumanidagi 42-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Komiljonova Kumush;
Gurlan tumanidagi 42-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Rimboyeva Mardona;
Xiva shahridagi 3-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Qodirberganov Azizbek;
Xiva tumanidagi 20-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Jumaniyozov Jo‘rabek.
Ushbu ishtirokchilarga olimpiadaning keyingi bosqichida ulkan zafarlar tilab qolamiz.
Ma’lumot uchun, olimpiadaning Respublika bosqichi noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.