Янгиликлар
31
“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi muhokama qilindi
Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov boshchiligida Xorazm viloyatida "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilishda vakolatli tashkilotlarning viloyat darajasidagi birinchi rahbarlari, tuman (shahar) prokurorlari, tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari, shuningdek, tashkilotlarning qonun ijrosi bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, uning ijrosining samarali ta’minlanishi jarayonida ayrim tizimli muammolar, shuningdek, vakolatli tashkilotlar tomonidan qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi tanqidiy muhokama qilinib, mazkur holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, M.Istamov Urganch tumanida fuqarolar bilan uchrashib, ularning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etilganligi yuzasidan tasdiqlovchi hujjatlarni topshirdi.