Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Sayyor qabul


 Xorazm viloyati adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Urganch shahri markazidan 200 km uzoqlikda joylashgan Tuproqqal’a tumanidagi “Tuproqqal’a maskani”, shuningdek, “Sarimoy” mahallasida “mahalla yettiligi” bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlar davomida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida hamda aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish borasida “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

Uchrashuvda, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish holati tahlil qilinib, ushbu yo‘nalishda faoliyatni yanada samarali tashkil etish, jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Mahallada aholiga qulaylik yaratish maqsadida 24/7 rejimida onlayn davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan interaktiv kiosk o‘rnatish belgilab olindi.