Янгиликлар
05
Xorazm viloyat adliya boshqarmasida boshqarma vazifa va funksiyalarini amalga oshirish jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyasini joriy etish masalalarini muhokama etishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda IT Park Xorazm viloyati filiali boshlig‘i H.Bobojonov, “MBOS” MChJ direktori M.Yusupov hamda adliya boshqarmasi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda adliya boshqarmasi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari tomonidan o‘z vazifa va funksiyalari haqida batafsil ma’lumotlar berilib, sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida ish jarayonlarini yengillashtirish, hujjatlar aylanishini avtomatlashtirish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish imkoniyatlari mutaxassislar bilan muhokama qilindi.
Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad adliya boshqarmasi tizimida raqamli transformatsiya va sun’iy intellektni amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iboratdir.