Янгиликлар
07
Milliy libos – millat ko‘zgusi
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar “#milliy_libos_yarashadi” chorlovida faol ishtirok etdi.
Milliy liboslarimiz xalqimizning boy tarixi, qadimiy urf-odat va anʼanalari, estetik qarashlari, o'ziga xos xususiyatlarini o'zida aks ettiradi.
Аtlasu adras kabi ko‘rsa ko‘zni quvnatadigan, yorqin ranglari, takrorlanmas jilolari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydigan o‘zbek milliy matolarimizning muxlislari har yerda topiladi.