Янгиликлар
08
Adliya vazirligi ishchi guruhi Xorazm viloyatida o'rganish ishlarini olib bormoqda.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatishda uchrayotgan tizimli muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i M. Hatamov hamda boshqarmaning advokatura va mediatsiya bo‘limi boshlig‘i J. Uzakov Xiva, Qo‘shko‘pir, Shovot, Urganch va Yangibozor tumanlari hamda Urganch shahar adliya bo‘limlarida bo‘lishdi.
Xususan, “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali sud va tergov organlarining adliya bo‘limlari bilan o‘zaro hamkorligi, amaliyotda uchrayotgan muammolar va kamchiliklar hamda Tizimdagi o‘zgarishlar masalalariga e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, hududlarda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlarning soha bo‘yicha taklif va mulohazalari tinglandi.