Янгиликлар
13
Al-Xorazmiy universitetida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi, advokatlar palatasi, ichki ishlar organlari xodimlari hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida korrupsiyaviy jinoyatlar, ularning belgilari, huquqiy oqibatlari va javobgarlik masalalari,
Kibermadaniyatni yuksaltirish va kibergigiyenani shakllantirish, firibgarlikdan himoyalanish, Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar (“1xBet”, “Mostbet”, “Linebet”, “Moliyaviy piramida”) va ularning huquqiy oqibatlari, javobgarlik masalalari yuzasidan ma’ruzalar qilinib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uni oldini olishda har bir fuqaroning mas’uliyati hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.