Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Fuqaroga to‘lanmay qolgan ustama puli undirib berildi


Urganch tumani adliya bo‘limiga fuqaro R.Mning tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan tegishli ustama haqlari to‘lanmayotgani yuzasidan murojaati kelib tushdi.

Murojaatni o‘rganish davomida, Urganch tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan fuqaro R.M ga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2023-yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-76-son farmoniga asosan to‘lanishi lozim bo‘lgan 9 257 387 so‘m pul mablag‘lari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha Urganch tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro R.M manfaatida ustama pullarini undirish haqida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Sud tomonidan ushbu ariza ko‘rib chiqilib, fuqaro foydasiga 9 257 387 so‘m pullarni undirish haqida sudning hal qiluv qarori qabul qilindi.