Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Adliya aralashuvi bilan fuqaroga to'lanmasdan qolgan 10 273 227 so'm kompensatsiya puli undirilishi ta'minlandi!


Gurlan tumanida yashovchi fuqaro B.B  mahalla fuqarolar yig'inida rais sifatida faoliyat yuritgan. Ammo u foydalanilmagan mehnat ta'tili uchun belgilangan kompensatsiya pullarini ola olmagan.

Fuqaro adliya organlariga murojaat qilgach, holat mutaxassislar tomonidan o'rganilib, O'zbekiston mahallalar uyushmasi Gurlan tuman bo'limi tomonidan fuqaro B.B ga foydalanilmasdan qolgan ta’til kunlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 10 273 227 so'm mablag' o'z vaqtida berilmay qolganligi aniqlandi.

Gurlan tuman adliya bo'limi tomonidan bu borada fuqaro manfaatida fuqarolik ishlari bo'yicha Shovot tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi hamda to‘lanmasdan qolgan pul mablag‘ini undirish yuzasidan sudning hal qiluv qarori qabul qilindi.