Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya berilishidan xabardormisiz?


Vakolatli organlar: Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari.

Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) (https://my.gov.uz/uz/service/962) orqali yoki bevosita vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi. 

Subsidiya uchun ariza shaxs ishga qabul qilgandan soʻng 3 oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan keyin berilishi mumkin.

Subsidiyaning har bir shaxs uchun BHMning 3 baravari miqdorida ajratiladi.

Subsidiya budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga ajratilmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi 450-son qarori (https://lex.uz/docs/-6595344)