Янгиликлар
10
Hurmatli tadbirkorlar diqqatiga!
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi fuqarolarga nikohni tantanali tarzda qayd etish jarayonida yanada zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish maqsadida tadbirkorlik subyektlarini hamkorlikka taklif etadi.
Viloyatdagi barcha tuman (shahar) FHDY bo‘limlarida nikohlanuvchilarning buyurtmasi asosida tadbirkorlar tomonidan quyidagi qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilishi rejalashtirilgan:
Fotosessiya
Keytering (taom va ichimliklar xizmati)
bezak ishlari va boshqa xizmatlar
Ushbu xizmatlar adliya organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq tanlab olingan hamkor tadbirkorlar orqali amalga oshiriladi.
Hamkorlik shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:
-taraflarning huquq va majburiyatlari;
- buyurtmaga binoan ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar tartibi;
-xizmat ko‘rsatish shartlari;
-adliya organining byudjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkaziladigan to‘lov miqdori;
-shartnomani bekor qilish tartibi.
Shu munosabat bilan, barcha tadbirkorlar mazkur yo‘nalishdagi tender tanlovida ishtirok etishga taklif etiladi!
Xorazm viloyati Urganch shahar, Taraqqiyot ko‘chasi
Telefon raqam: 62-227-77-22 (8011, 8009)
E-pochta: xorazm@adliya.uz