Янгиликлар
09
Bilasizmi
Qonunchilikka ko‘ra, ichimlik suvidan boshqa maqsadlarda (mashina yuvish, tomorqa sug‘orish, hovliga suv sepish) foydalanish yoki oqilona foydalanmaslik (mevalarni muzlatish uchun ochib qo‘yish) suvni to‘xtatib qo‘yish uchun asos (https://lex.uz/docs/2145601#2146112) hisoblanadi.
Shuningdek, mazkur qoidalarni buzish, yaʼni suvdan xo‘jasizlarcha foydalanish fuqarolarga BHMning 1 baravaridan (412 ming so‘m) 3 baravarigacha (1 mln 236 ming so‘m), mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan (2 mln 60 ming so‘m) 10 baravarigacha (4 mln 120 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab (https://lex.uz/docs/97664#1569046) bo‘ladi.