Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga ariza berish boshlandi!


Uyli bo‘lish orzusi bilan yurganlar diqqatiga! 

2025-yil 2-oktabrdan boshlab ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlandi! 

Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) (https://my.gov.uz/uz/service/325) orqali qabul qilinadi.

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya to‘lanadigan talabgorlar komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida tanlanadi.

Davlat xizmatlari markazi faqat arizani qabul qilish va komissiyaga yuborish uchun vakolatli hisoblanib, uni ko'rib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi. 

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori (https://lex.uz/docs/-4774086).