Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Bilasizmi


Qonunchilikka ko'ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar tomonidan ijaraga olingan uy-joylarning ijara to'lovlari to'lab beriladi.

Buning uchun “Onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritilgan ushbu toifadagi bolalar “Inson” markaziga bevosita borgan holda yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi “Uy-joy ijarasi” moduli orqali ariza bilan murojaat qiladi. (https://lex.uz/ru/docs/7730821#7731477)

Ijara to'lovi quyidagi hollarda  to'lab beriladi:

bolaga mulk huquqi asosida uy-joy ajratilmagan bo'lsa;

ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo'yilgan bo'lsa;

bola tegishli oliy ta'lim tashkilotining yotoqxonasiga joylashmagan yoki ijara xarajatlari uchun kompensasiya olmayotgan bo'lsa;

bola bilan tuzilgan mehnat shartnomasi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lsa.