Янгиликлар
25
Yashirin iqtisodiyot nima?
Yashirin iqtisodiyot – milliy iqtisodiyotning turli boʻgʻinlarida xufiyona tarzda amalga oshiriladigan, nazorat qilinmaydigan hamda soliqlardan boʻyin tovlashga qaratilgan faoliyatdir.
Ushbu faoliyat davlatning iqtisodiy negiziga salbiy taʼsir qilishi bilan birga, halol raqobat muhitining shakllanishida hamda korrupsiyaga murosasizlik bilan kurashish borasidagi tadbirlar natijadorligiga ham jiddiy putur yetkazadi.
Bugungi globallashuv sharoitida mamlakatimizda yashirin iqtisodiyotning yangi usul va kanallari shakllanayotganligi iqtisodiyotimiz uchun real xavf sanalib, unga barvaqt barham berilishida insofli tadbirkorlar hamda jamoatchilikning ishtiroki muhim ahamiyatga ega.