Янгиликлар
22
Adliya aralashgach
Urganch tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqaro D.A va boshqalar (jami 4 nafar fuqarolar)ning Kadastr agentligi Urganch tuman bo‘limi tomonidan qo‘llanilgan jarimadan norozi bo‘lib qilgan murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, murojaat mualliflarining har biriga O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 68-1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risida qarorlar bilan har biriga 4 mln 120 ming so‘mdan jarima jazosi qo‘llanilgan. Biroq mazkur qarorlarni rasmiylashtirishda Kadastr agentligi Urganch tuman bo‘limi tomonidan qonunchilik talablari buzilganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan Urganch tuman adliya bo‘limi tomonidan Davlat kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasiga yuqoridagi ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risida qarorlarni bekor qilish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar asosida joriy yil avgust-sentabr oylari davomida yuqoridagi 4 nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risida qarorlar bilan qo‘llanilgan umumiy 16 480 000 so‘m miqdordagi jarima bekor qilinib, fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etildi.