Янгиликлар
27
Bilasizmi
O‘qishni bir futbol akademiyasidan boshqasiga ko‘chirish tartibidan xabardormisiz?
Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz (https://my.gov.uz/uz/service/955)) orqali qabul qilinadi.
Vakolatli organ: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol akademiyalari.
Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Arizani ko'rib chiqish muddati: 3 ish kuni
Ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki o‘quv yili tugaganidan so‘ng o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi 583-son qarori (https://lex.uz/uz/docs/-6654209).