Янгиликлар
21
Madaniy meros sohasidagi xizmatlardan yanada qulay usulda foydalanishingiz mumkin!
Endi quyidagi davlat xizmatlarini Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) (https://my.gov.uz/uz) orqali ko'rsatish yo'lga qo'yiladi:
Moddiy madaniy meros obyektini Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritish;
Milliy muzey fondining Davlat katalogida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish;
Arxeologiya ashyosi Arxeologiya ashyolari davlat katalogiga kiritilgani yoki kiritilmagani haqida ma’lumot berish.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-avgustdagi 512-son qarori (https://lex.uz/uz/pdfs/-7683470).