Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.


Joriy yilning 8-avgust kuni Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. 

Qonun bilan intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi.

Xususan: 
intellektual mulk egalarining mulkiy huquqlarini (tovar belgisi, ixtirolar, dasturiy ta’minot, sanoat namunasi va boshqalarga doir huquqlar) buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi;
muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirilib, buzilishi javobgarlikka sabab bo‘ladigan intellektual mulk obyektlari doirasi kengaytirildi;
adliya organlarining kontrafakt tovarlarni ko‘zdan kechirish va xatlash vakolatlari kiritildi;
mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzganlik uchun ma’muriy jarima miqdori oshirildi;
seleksiya yutug‘i va integral mikrosxemalar topologiyasiga bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi;
patentga oid (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi va seleksiya yutug‘i) huquqbuzarliklar sodir etishda foydalanilgan ashyolarni musodara qilish qo‘shimcha ma’muriy jazo chorasi sifatida kiritildi;
tovar belgisi bo‘yicha ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar huquqbuzar hisobidan muomaladan olib qo‘yilishi va yo‘q qilinishi nazarda tutildi.

Ushbu qism Qonun qabul qilingan kundan boshlab uch oy o‘tganidan keyin kuchga kiradi.

Mazkur Qonun intellektual mulk huquqlarining samarali himoya qilinishiga, kontrafakt tovarlar aylanmasining oldini olishga, xorijiy investitsiyalar oqimini oshirishga hamda O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga xizmat qiladi.