Янгиликлар
05
Bilasizmi
Qonunchilikka ko'ra, quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi: (https://lex.uz/docs/-6568679#-6571514)
"Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan talabalar;
"Ijtimoiy himoya yagona reestri", "Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda "YOshlar daftari"da turadigan talabalar;
I va II guruh nogironligi bo'lgan talabalar;
1 oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta'lim shaklida 2 yoki undan ortiq to'lov-shartnoma asosida o'qiyotgan oilalar farzandlari;
xalqaro fan olimpiadalari, Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan o'tkaziladigan respublika fan olimpiadalarida g'oliblikni qo'lga kiritgan talabalar;
"Yil talabasi" va "Talabalar teatr studiyalari" ko'rik-tanlovlarining respublika bosqichi g'olibi bo'lgan talabalar;
oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida o'tkazilgan "Zakovat" intellektual o'yinining respublika bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan talabalar;
talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo'lgan talabalar.