Янгиликлар
31
Bilasizmi
Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tish tartibidan xabardormisiz?
Mobil-ID mobil qurilmalar orqali shaxsni identifikatsiya qilish tizimi hisoblanadi.
Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki notarial idoralarga tashrif buyurishingiz lozim.
Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va mobil raqamingizni ma'lum qilasiz.
Yuzingiz raqamli formatda rasmga tushiriladi va elektron shaklda qo‘l barmog‘ingiz izi olinadi.
Ma'lumotlaringiz OneID tizimi orqali tekshiriladi va Mobil-ID tizimiga yuboriladi.
Telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi.
Xizmat ko'rsatganlik uchun BHM 2 foizi miqdorida yig'im undiriladi.
To'lov amalga oshirilgach, telefon raqamingiz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetingizga bog‘lanadi.
YIDXPning mobil ilovasi orqali Mobil-ID tizimida bepul identifikatsiyadan o‘tishingiz mumkin.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-avgustdagi 479-son qarori (https://lex.uz/docs/-6178939).