Янгиликлар
30
Adliya aralashgach
Xonqa tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqaro L.M.ning mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida ishlagan davrida foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lanmaganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, murojaat muallifi 2022-yil 26-maydan 2023-yil 31-dekabrgacha ishlagan davrida mehnat ta’tilidan foydalanmaganligi sababli foydalanilmagan mehnat ta’tilli uchun pulli kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilmagan.
Ushbu holat yuzasidan Xonqa tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro L.M.ga to‘lanmasdan qolgan 6 163 042 so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar kechiktirilgan kun uchun jami 12 646 552 so‘m kompensatsiyani undirish haqida fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sud tomonidan ushbu da’vo ariza qanoatlantirildi va fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.