Янгиликлар
24
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda ta’lim olgan farzandlarini davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibidan xabardormisiz?
Arizalar Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
Arizaga o‘quvchining chet elda ta’lim olganini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Xizmat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari tomonidan ko‘rsatiladi.
Arizalar 3 ish kunida ko'rib chiqiladi.
Eslatma: murojaatlar har yili 1-avgustdan 25-mayga qadar qabul qilinadi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-son qarori. (https://lex.uz/uz/docs/-7630042)
Bizni kuzatishda davom eting!