Янгиликлар
11
Bilasizmi
Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash tartibidan (https://lex.uz/uz/docs/-6796327) xabardormisiz?
Davlat xizmatidan foydalanish uchun talabgor Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) (https://my.gov.uz/uz/service/1010) orqali murojaat qiladi.
Vakolatli organ: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.
Kasbiy sertifikat olish uchun talabgor kompyuterda test shaklida nazorat sinovi topshirishi lozim.
Nazorat sinovi har yili mart - may oylarida o‘tkaziladi.
Birinchi marta nazorat sinovida ishtirok etish bepul.
Nazorat sinovi yakunlari bo‘yicha kasbiy sertifikat rasmiylashtiriladi.
Kasbiy sertifikat cheklanmagan muddatga beriladi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik kasblariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan talabgorlarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etilgan.