Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Qachon davlatning rasmiy yoki qisqartirilgan nomini firma nomiga kiritish mumkin?


Qonunchilikka muvofiq, davlatning nomi quyidagi yuridik shaxslarga beriladi:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis palatalari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyati tashkil etiladigan yuridik shaxslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan bo‘lsa;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasalari;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari;
respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar birlashmalari;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalarining Adliya vazirligiga taqdim etilgan murojaatlari asosida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 65-son qarori (https://lex.uz/docs/-7378737?ONDATE=13.02.2025%2000#-7379424).

Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting!