Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Adliya koʻmagida tadbirkorga to‘lanishi lozim bo‘lgan 55 207 500 so‘m undirib berildi


“TM” MChJ rahbarining Xorazm viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish boshqarmasiga yetkazib berilgan tovarlar uchun to‘lovlarni undirishda amaliy yordam berishni so‘rab yo‘llagan murojaati Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, “TM” MChJ tomonidan 05.09.2024-yildagi shartnoma hamda 12.09.2024-yildagi hisobvaraq-fakturalarga asosan elektron do‘kon tizimi orqali yutib olingan va pochta xizmati orqali Xorazm viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish boshqarmasiga har biri 11 041 500 so‘m bo‘lgan, jami 55 207 500 so‘mlik 5 ta monoblok kompyuterlar yetkazib berilgan bo‘lib, o‘rganish davriga qadar Xorazm viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish boshqarmasi tomonidan “TM” MChJga yetkazib berilgan tovarlar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 55 207 500 so‘m pullar to‘lab berilmagan.

Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Xorazm viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish boshqarmasiga qonun hujjatlarining buzilishi , ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilib, taqdimnomaga asosan “TM” MChJga to‘lanishi lozim bo‘lgan 55 207 500 so‘m pullar to‘lab berilishi ta’minlandi hamda tadbirkorning murojaati to‘liq qanoatlantirildi.