Янгиликлар
20
2025–2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul boshlandi!
2025–2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul boshlandi!
Muddati: 20-iyundan 31-iyulgacha
my.gov.uz va my.maktab.uz platformalari orqali
2018-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar 1-sinfga qabul qilinadi.
Mikrohududga asoslangan qabul:
Farzandingiz doimiy ro‘yxatga olingan manzilga yaqin maktabga (mikrohudud bo‘yicha) joylashtiriladi.
Vaqtincha ro‘yxatda bo‘lganlar esa 1-avgustdan keyin, mikrohududda bo‘sh o‘rin qolgan taqdirda qabul qilinadi.
Qanday ariza topshiriladi?
Ariza elektron tarzda mustaqil to‘ldiriladi.
Hujjatlar avtomatik tarzda hududiy xalq taʼlimi bo‘limiga yuboriladi va so‘rovnoma 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Maktab esa 1 ish kunida qabul yoki rad etish haqida qaror chiqaradi.
Natija portallar orqali sizga elekron shaklda taqdim etiladi.
Ijobiy javob olinganda, onlayn navbat bo‘yicha farzandingiz bilan maktabga borib, tibbiy ma’lumotnomani topshirishingiz kerak.
Davlat xizmati bepul taqdim etiladi.