Янгиликлар
12
Adliya aralashgach
Bog‘ot tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro A.D ning turar joyga egalik huquqini belgilab berish to‘g‘risidagi tuman hokimining qarorida ism va familiyasi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlaridagidan farq qilganligi sababli kadastr hujjatlarini tayyorlashda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
Aniqlanishicha, tuman hokimining tegishli qarori ilovasi bilan Bog‘ot tumanida joylashgan turar joylarga bo‘lgan egalik huquqlari tasdiqlangan.
Murojaatni o‘rganish davomida tuman hokimi qarorining ilovasi bilan tasdiqlangan ro‘yxatda murojaat muallifi ism va familiyasi uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlaridagidan farq qilishi, qaror ilovasi bilan tasdiqlangan ro‘yxatdagi turar joyga tegishli raqamlarda keltirilgan ma’lumotlar aynan murojaat muallifi yashab kelayotgan turar joyga tegishli ma’lumotlar ekanligi, ya’ni umumiy yer maydoni 1268 ,10 kv.m, umumiy qurilish osti maydoni 195,23 kv.m, umumiy foydali maydoni 156,32 kv.m, yashash maydoni 93,79 kv.m va yordamchi maydoni 62,53 kv.m bilan bir xilda bo‘lib mazkur turar joyda oilasi bilan yashab kelayotganligi aniqlandi.
Yuqoridagilarga asosan Bog‘ot tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman hokimining tegishli qarori bilan tasdiqlangan ilovadagi yozuvlar bo‘yicha yuridik fakt belgilash masalasida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudiga da’vo tartibida ariza kiritildi. Da’vo ariza sud tomonidan qanoatlantirilib, fuqaro murojaati ijobiy hal etildi.