Янгиликлар
04
Bilasizmi
Qonunchilikka ko'ra, davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik ularga nisbatan axloqiy va intizomiy ta'sir choralarini qo'llashga asos bo'ladi.
Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun Odob-axloq komissiyasi tomonidan davlat xizmatchilariga quyidagi axloqiy ta'sir choralari qo'llaniladi:
ogohlantirish;
uzr so'rash yoki rasmiy uzrnoma keltirishni talab qilish;
davlat organlari va tashkilotlarining kollegial yig'ilishlarida tanbeh berish.
Odob-axloq komissiyasi davlat xizmatchisiga nisbatan intizomiy ta'sir chorasini qo'llash uchun davlat organlari va tashkilotlari rahbariga taqdimnoma kiritishi mumkin. (https://lex.uz/docs/-6236838#-6241869)