Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Mualliflik huquqini buzgan ijodkorlarning litsenziyalari bekor qilinishi mumkin


Qonunchilikka muvofiq litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan muntazam ravishda  yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzilganda litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini bekor qilishni soʻrab sudga murojaat qilishi lozim.

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi.

Shunga koʻra, Adliya vazirligi tomonidan shoir va bastakorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida 2024 va 2025-yilning oʻtgan davri  mobaynida  mualliflik huquqini buzgan va sud qarorlariga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan 10 nafar ijrochilarga oid maʼlumotlarni “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasiga  taqdim etib, ularning litsenziyalarini bekor qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrishni soʻradi.

Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik  huquqingiz buzilganda  Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!