Янгиликлар
08
Yangi xizmat
"Work and travel" dasturlarida ishtirok etuvchi talabalarning xorijiy davlatlarga borishi va kelishi bilan bog'liq xarajatlar uchun ssuda ajratiladi.
Davlat xizmatidan foydalanish uchun ariza beruvchilar - Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) (https://my.gov.uz/uz) orqali murojaat qiladilar.
Vakolatli organ: O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi.
Xizmat bepul ko'rsatiladi.
Ssuda miqdori: BHMning 40 baravari.
Ssuda har yili 2000 nafargacha talabalarga ajratiladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 290-son qarori. (https://lex.uz/pdfs/7509614)