Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Davlat xizmatlarini uyingizga tashrif buyurgan holda ko'rsatamiz!


Buning uchun Adliya vazirligining “Call-markazi” (1148) yoki rasmiy veb-sayti orqali murojaat qiling.

Belgilangan shakldagi so‘rovnoma  to‘ldirilib, to‘lovni amalga oshirganingizdan so'ng, arizangiz DXMga yuboriladi.

DXM xodimi siz bilan bog'lanib, uyingizga tashrif buyurgan holda davlat xizmatini ko‘rsatadi.

Xizmat ko‘rsatilganlik uchun to‘lov miqdori: BHMning 30-50 foizi.

Quyidagi shaxslardan joyga chiqqan holda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi:
o‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar;
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar

Ushbu xizmat qonunchilikda belgilangan ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatishga nisbatan tatbiq etilmaydi. (https://lex.uz/uz/docs/-6590131)