Янгиликлар
02
“Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga“ aksiyasi boshlanmoqda!
Adliya vazirligi tomonidan “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga“ aksiyasi o'tkaziladi.
Aksiya 2025-yil may oyi davomida bo'lib o'tadi.
Aksiya doirasida:
uyma-uy bepul huquqiy yordam ko'rsatiladi;
sayyor qabullar tashkil etiladi;
sayyor davlat xizmatlari ko'rsatiladi;
"Huquqiy viktorina" o'tkaziladi;
audiopodkastlar tayyorlanadi.
Bu imkoniyatdan foydalanib, o'z huquqiy bilimlaringizni boyitishingiz mumkin!
Aziz fuqarolar! Sizni ushbu aksiyada faol ishtirok etishga, huquqiy savodxonligingizni oshirish imkoniyatidan unumli foydalanishga chorlaymiz!