Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Adliya aralashgach


Fermerlar huquqlari - qonun himoyasida

Xonqa tumanida faoliyat yurituvchi “M.D” fermer xo‘jaligi rahbari N.F.ning viloyat soliq boshqarmasi tomonidan asossiz ravishda hisoblangan soliq qarzdorliklarini bartaraf etishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati viloyat adliya boshqarmasi tomonidan mutaxassislar ishtirokida o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlanishicha, fermer xo‘jaligi va Xonqa tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi o‘rtasida tuzilgan suvdan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq, fermer xo‘jaligining 2024-yil sug‘orish mavsumida suvdan foydalanish cheklangan suv limiti 344600 kub.metr etib belgilangan bo‘lsada, Xonqa tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi mas’ul xodimlari tomonidan berilgan suvning hisobi to‘g‘risidagi ma’lumotlarda fеrmеr xo‘jaligining cheklangan suv limiti 245800 kub.metr deb ko‘rsatilishi oqibatida fermer xo‘jaligiga nisbatan asossiz ravishda suv resurslaridan foydalanganlik uchun 104 000 000 so‘m miqdorida ortiqcha soliq qarzdorligi hisoblanishiga hamda ushbu soliq qarzdorligini bartaraf etish yuzasidan viloyat soliq boshqarmasi tomonidan fermer xo‘jaligiga xabarnoma yuborilishiga sabab bo‘lgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Chapqirg‘oq Amudaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga taqdimnoma kiritilib, taqdimnomaga asosan fermer xo‘jaligiga nisbatan asossiz ravishda suv resurslaridan foydalanganlik uchun hisoblangan 104 000 000 so‘m miqdorida ortiqcha soliq qarzdorligi bartaraf etildi va fermer xo‘jaligi rahbarining murojaati ijobiy hal etildi.